Faktoriallar yig'indisi
Masala #2683 · murakkablik 92% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Har bir so'rovda bitta N soni beriladi. 0! + 1! + 2! + … + N! yig'indisini 998244353 moduli bo'yicha toping. N moduldan kichik, lekin juda katta bo'lishi mumkin.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda Q (1 ≤ Q ≤ 1000). Keyingi Q qatorda N (0 ≤ N < 998244353).
Chiquvchi ma'lumotlar
Q ta qator - javoblar.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.