Cheklangan hamyon
Masala #2653 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Do'konda n xil mahsulot bor: i-mahsulotning og'irligi wi va uni ko'pi bilan ci dona olish mumkin (bir xil og'irlikdagi mahsulotlar ham turli hisoblanadi). Har bir s = 1, 2, …, m uchun jami og'irligi aynan s bo'lgan xaridlar sonini toping. Xarid - har mahsulotdan nechta olinganini ko'rsatuvchi ro'yxat. Javoblarni 998244353 moduli bo'yicha chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 105). Keyingi n qatorda wi va ci (1 ≤ wi ≤ 105, 1 ≤ ci ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
m ta qator: s-qatorda og'irligi s bo'lgan xaridlar soni modul bo'yicha.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.