Raqamsiz daraxtlar bog'i

Masala #2658 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Ildizli daraxtning tugunlari raqamlanmagan, bolalar tartibi ahamiyatsiz, ammo har bir tugun c ta rangdan biriga bo'yalgan. Ikki daraxt, biri ikkinchisiga ildizi va ranglari saqlangan holda ustma-ust tushsa, bir xil hisoblanadi. Tuguni aynan n ta bo'lgan turli daraxtlar sonini 998244353 moduli bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n va c (1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ c ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - daraxtlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.