To'plam yig'uvchi

Masala #2676 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qutida n xil kartochka bor, i-xilidan wi dona. Har qadamda qutidan tasodifan bitta kartochka olinadi, xili yozib olinadi va u qutiga qaytariladi. Har bir xil kamida bir marta yozilguncha qadamlar sonining matematik kutilmasini toping. Kutilma qisqarmas kasr a/b bo'lsa, a·b−1 mod 998244353 ni chiqaring (b modulga bo'linmasligi kafolatlanadi).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda w1, …, wn (1 ≤ wi, Σ wi ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kutilma modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.