Taqiqlangan parcha

Masala #2651 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Alifboda q ta harf bor. Uzunligi N bo'lgan satrlardan nechtasida berilgan s satri ketma-ket parcha sifatida birorta ham uchramaydi? Javobni 998244353 moduli bo'yicha chiqaring. s faqat kichik lotin harflaridan iborat, u ishlatgan har bir harf alifboda bor; alifboning qolgan harflari s da uchramaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va q (1 ≤ N ≤ 2·105, 1 ≤ q ≤ 109). Ikkinchi qatorda s (1 ≤ |s| ≤ 2·105); s dagi turli harflar soni q dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - s uchramaydigan satrlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.