Ruxsat etilgan orollar
Masala #2648 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
n ta raqamlangan shahar orasida ixtiyoriy yo'llar qurilishi mumkin (har juftlik orasida ko'pi bilan bitta yo'l). Tarmoq bog'lamli qismlarga bo'linadi. Davlat faqat q ta o'lchamga ruxsat beradi: har bir bog'lamli qismdagi shaharlar soni berilgan s1, …, sq sonlaridan biri bo'lishi shart. Nechta tarmoq shu shartga mos? Javobni 998244353 moduli bo'yicha chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q (1 ≤ q ≤ n ≤ 5000). Ikkinchi qatorda q ta turli son si (1 ≤ si ≤ n).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - mos tarmoqlar soni modul bo'yicha.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.