Sandiqlar va chegaralangan yig'indi

Masala #2647 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qatorda k ta turli sandiq turibdi, har biriga 0 tadan m tagacha bir xil tanga solish mumkin. Jami tangalar soni L dan kichik bo'lmasin va R dan katta bo'lmasin. Nechta taqsimot bor? Ikki taqsimot biror sandiqdagi tangalar soni bilan farq qilsa, turli hisoblanadi. Javobni 998244353 moduli bo'yicha chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda k, m, L, R (1 ≤ k ≤ 106, 0 ≤ m ≤ 106, 0 ≤ L ≤ R ≤ 2·106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - taqsimotlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.