Uch turdagi tugunlar

Masala #2655 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Ildizli daraxtda tugunlar uch xil: bola tuguni yo'q barg, bitta bolali o'tkazgich va ikki bolali (chap va o'ng farqlanadi) tarmoq. Har tur uchun bir nechta nav bor: barg navlarining vaznlari ai, o'tkazgichlarniki bi, tarmoqlarniki ci; bir xil vaznli navlar ham turli hisoblanadi. Daraxtning vazni - tugunlar vaznlarining yig'indisi. Ikki daraxt shakli yoki biror tugunning navi bilan farq qilsa, turli hisoblanadi. Har bir s = 1, …, m uchun vazni aynan s bo'lgan daraxtlar sonini 998244353 moduli bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda m, p, q, r - navlar sonlari (1 ≤ m ≤ 105, 0 ≤ p, q, r ≤ 105). Keyingi uch qatorda a, b, c ro'yxatlari (1 ≤ ai, bi, ci ≤ 105; ro'yxat bo'sh bo'lsa, qator ham bo'sh).

Chiquvchi ma'lumotlar

m ta qator: vazni s bo'lgan daraxtlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.