Siklsiz yo'nalishlar

Masala #2674 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

n uchli oddiy grafning har bir qirrasiga ikki yo'nalishdan birini beramiz. Natijada yo'naltirilgan sikl bo'lmaydigan yo'nalishlar sonini 998244353 moduli bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 20, 0 ≤ m ≤ n(n − 1)/2). Keyingi m qatorda qirra uchlari u va v (1 ≤ u < v ≤ n), takrorlanmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - siklsiz yo'nalishlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.