Ikki jamoaga bo'lish
Masala #2713 · murakkablik 88% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Musobaqada n ta ishtirokchi bor. Jurnalda m ta o'yin tartib bilan yozilgan: i-o'yinda ui va vi bir-biriga qarshi o'ynagan. Har so'rovda l va r beriladi: ishtirokchilarni ikki jamoaga shunday bo'lish mumkinmi-ki, l..r o'yinlarning har birida raqiblar turli jamoada bo'lsin? O'yinda ui = vi bo'lsa, bunday bo'lish mumkin emas.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q. Keyin m qatorda ui vi, keyin q qatorda l r.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m, q ≤ 5·104, 1 ≤ ui, vi ≤ n, 1 ≤ l ≤ r ≤ m.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rovga YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.