Daraxt hosil qiluvchi bo'limlar
Masala #2718 · murakkablik 96% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tarmoqda 1..n raqamli n ta kompyuter va m ta kabel bor (bir xil kabel takrorlanishi mumkin, kabel kompyuterni o'ziga ulamaydi). Raqamlar oralig'i [l, r] uchun faqat shu raqamli kompyuterlar va ikkala uchi shu oraliqda bo'lgan kabellar olinadi; takroriy kabellar bitta hisoblanadi.
Olingan graf daraxt bo'ladigan (bog'lamli va siklsiz) oraliqlar sonini toping. Bitta kompyuter ham daraxt.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105, 1 ≤ u ≠ v ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.