Kitob javoni

Masala #2686 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Javonda n ta kitob turibdi: boshida i-o'rinda i raqamli kitob. Kutubxonachi to'rt xil amal bajaradi:

R a b - a..b o'rinlardagi kitoblar tartibini teskari qiladi.
M a b c - a..b o'rinlardagi bo'lakni olib, qolgan kitoblar orasiga shunday qo'yadi-ki, undan oldin qolganlardan aynan c tasi tursin (bo'lak ichidagi tartib saqlanadi).
W x - x raqamli kitob hozir nechanchi o'rinda?
A p - p-o'rinda qaysi kitob turibdi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Keyin q qatorda amal.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ a ≤ b ≤ n, 0 ≤ c ≤ n − (b − a + 1), 1 ≤ x, p ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har W va A amaliga bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.