Uzluksiz chiptalar

Masala #2710 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kassaga n ta chipta kelib tushdi, i-chipta raqami ai. Har so'rovda l..r chiptalar olinadi va ulardan raqamlari ketma-ket bo'lgan eng katta to'plam tuziladi: ya'ni eng katta k topiladi-ki, biror x uchun x, x + 1, …, x + k − 1 raqamlarning hammasi shu bo'lakda bor. k ni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyin q qatorda l r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 4·104, 1 ≤ ai ≤ n, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

q qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.