Peshtaxta va hamyonlar
Masala #2688 · murakkablik 88% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Bozorga n ta xaridor keldi: i-xaridor hamyonida bi so'm bor. Peshtaxtada m ta mahsulot tartib bilan terilgan, j-mahsulot narxi cj so'm. Mahsulotlar cheksiz ko'p, lekin bir xaridor bitta turdan ko'pi bilan bittasini oladi.
Har xaridor mustaqil ravishda mahsulotlarni 1 dan m gacha ko'zdan kechiradi: agar hozirgi puli narxdan kam bo'lmasa, sotib oladi (pul kamayadi), aks holda keyingisiga o'tadi. Har xaridor nechta mahsulot olishini va qancha puli qolishini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m, ikkinchi qatorda b1, …, bn, uchinchi qatorda c1, …, cm.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 7·104, 1 ≤ bi, cj ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
n qatorda ikki son: olingan mahsulotlar soni va qolgan pul.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.