Yuk tashuvchi karvonlar

Masala #2697 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yo'llar tarmog'i - n ta shahardan iborat daraxt, 1-shahar ildiz. q ta karvon o'tadi: j-karvon u dan v gacha yagona yo'ldagi har shaharga (uchlari bilan) z turdagi bir qop yuk tashlab ketadi. Barcha karvonlardan keyin har shahar uchun eng ko'p qopi bor turni toping. Bir nechta bo'lsa - raqami eng kichigi, shaharda yuk umuman bo'lmasa - 0.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda p2, …, pn - otalar (1 ≤ pi < i). Keyin q qatorda u v z.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 5·104, 1 ≤ u, v ≤ n, 1 ≤ z ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son: 1, …, n shaharlar uchun javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.