Suv tarmog'i

Masala #2719 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tog' bag'ridagi sug'orish tarmog'ida n ta tugun va m ta ariq bor. Suv faqat ariq yo'nalishida oqadi va tarmoqda sikl yo'q. Manba - 1-tugun. Tugun v ga manbadan keladigan har bir yo'lda uchraydigan tugunlar nazorat nuqtalari deyiladi (manbaning o'zi ham kiradi, v ning o'zi kirmaydi).

Har tugun uchun nazorat nuqtalari sonini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v - u dan v ga ariq. Yo'naltirilgan sikl yo'q, parallel ariqlar bo'lishi mumkin.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 1.5·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

n ta son: v-son - v uchun nazorat nuqtalari soni; suv yetib bormaydigan tugun uchun -1; 1-tugun uchun 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.