Yashirin kabellar

Masala #2731 · murakkablik 88% · vaqt chegarasi 4.0 s · xotira 256 MB

Sizdan yashirin bog'langan tarmoq bor: n ta tugun, qirralar og'irliklari hammasi turli musbat butun sonlar. Qirralarni ko'rmaysiz. Bitta savol berishingiz mumkin: ? u v (u ≠ v). Hakam u dan v ga barcha yo'llar ichida «yo'ldagi eng og'ir qirra» eng kichik bo'lganining shu qirrasi og'irligini aytadi.

Tarmoqning minimal ostov daraxti og'irligini toping. Savollar soni 9n dan oshmasin.

Muloqot. Avval n ni o'qing. Savol: ? u v, javob - bitta son. Oxirida ! W chiqarib, dasturni tugating. Misol (n = 3, qirralar 1–2: 5, 2–3: 2):

< 3
> ? 1 2
< 5
> ? 2 3
< 2
> ! 7

Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (cout << endl yoki fflush(stdout)), aks holda hakam so'rovingizni ko'rmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (2 ≤ n ≤ 200). Keyin - hakam javoblari.

Chiquvchi ma'lumotlar

So'rovlar va oxirida ! W.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.