Ta'mirlanayotgan yo'l

Masala #2722 · murakkablik 83% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Mamlakatda n ta shahar va m ta ikki tomonlama yo'l bor, 1-shahar - poytaxt. Bir yo'l ta'mirga yopilishi mumkin. Har yo'l uchun alohida hisoblang: shu yo'l yopilsa, nechta shaharning poytaxtgacha eng qisqa masofasi ortadi? Hozir poytaxtga yo'li bor shahar yopilishdan keyin uzilib qolsa, u ham sanaladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v w - yo'l va uzunligi (u ≠ v, parallel yo'llar bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 7.5·104, 1 ≤ w ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

m ta son, yo'llar kirish tartibida.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.