Rangli jamoalar

Masala #2734 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Korxonada n ta xona va m ta mumkin bo'lgan kabel bor (kabel w so'm). t ta xonada xodimlar o'tiradi, har biri o'z jamoasiga (rangiga) ega. Bir jamoadagi xodimlar xonalari o'zaro kabellar orqali bog'langan bo'lishi kerak. Har xil jamoalar bir tarmoqda bo'lishi ham, alohida bo'lishi ham mumkin.

Eng kam xarajatni toping yoki imkonsizligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n m t. Keyin m qatorda u v w. Keyin t qatorda x c - xona va jamoa (xonalar turli).

Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 8, t ≤ n ≤ 200, 0 ≤ m ≤ 1000, 1 ≤ c ≤ 8, 1 ≤ w ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam xarajat, imkonsiz bo'lsa -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.