Bir tomonlama quvurlar

Masala #2733 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaharda n ta nasos stansiyasi bor, suv r-stansiyadan chiqadi. m ta quvur loyihasi berilgan: a dan b ga suv oqizadigan quvur w so'm turadi, suv teskari oqmaydi.

Suv r dan hamma stansiyaga yetishi uchun qaysi quvurlarni qurish kerak? Eng kam xarajatni toping yoki imkonsizligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n m r. Keyin m qatorda a b w (parallel quvur va a = b bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105, 1 ≤ w ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam xarajat, imkonsiz bo'lsa -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.