Suv aylanma tizimi

Masala #2752 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Issiqxonada n ta tugun va m ta bir tomonlama quvur bor. Suv tizim ichida tinimsiz aylanadi: tashqaridan suv kirmaydi va tashqariga chiqmaydi, ya'ni har tugunga kirayotgan suv miqdori undan chiqayotgan miqdorga teng. i-quvur ui dan vi ga boradi. O'simliklar qurimasligi uchun undan kamida li birlik, quvur yorilmasligi uchun ko'pi bilan ri birlik suv o'tishi kerak.

Har quvur uchun butun oqim miqdorini tanlang yoki bunday taqsimot yo'qligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda ui, vi, li, ri.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 500, 1 ≤ m ≤ 5000, 1 ≤ ui, vi ≤ n, ui ≠ vi, 0 ≤ li ≤ ri ≤ 105. Bir xil quvurlar takrorlanishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Taqsimot bo'lsa, birinchi qatorda YES, keyin m qatorda quvurlar oqimi kirish tartibida. Bir nechta javob bo'lsa, istalganini chiqaring. Taqsimot bo'lmasa - NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.