Halqa yo'lidagi yetkazib berish
Masala #2763 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shahar atrofida uzunligi L bo'lgan halqa yo'l bor. Yo'l nuqtalari 0, 1, …, L − 1 bilan belgilangan; x va y nuqtalar orasidagi masofa min(|x − y|, L − |x − y|). Yo'lda n ta kuryer va n ta buyurtma turibdi (bir nuqtada bir nechtasi bo'lishi mumkin). Har kuryerga aynan bitta buyurtma biriktiriladi, har buyurtma aynan bitta kuryerga.
Kuryerlar bosib o'tadigan masofalarning eng kattasini imkon qadar kichik qiling. Shu qiymatni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va L. Ikkinchi qatorda kuryerlar joyi, uchinchi qatorda buyurtmalar joyi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 2 ≤ L ≤ 109, joylar 0 ≤ x < L.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik mumkin bo'lgan maksimal masofa.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.