Ikki operator

Masala #2770 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki aloqa operatori birgalikda m ta kabel yotqizishni rejalashtirmoqda. Har kabel bir vaqtda ikki tarmoqqa xizmat qiladi: i-kabel birinchi operatorning ai va bi stansiyalarini, ikkinchi operatorning ci va ei stansiyalarini bog'laydi. Halqa hosil bo'lsa, tarmoqda signal aylanib qoladi, shuning uchun tanlangan kabellar ikkala tarmoqda ham sikl hosil qilmasligi kerak.

Eng ko'pi bilan nechta kabel yotqizish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n1, n2, m - stansiyalar soni va kabellar soni. Keyingi m qatorda ai, bi, ci, ei.

Cheklovlar: 2 ≤ n1, n2 ≤ 60, 1 ≤ m ≤ 300, ai ≠ bi, ci ≠ ei.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kabellarning eng katta soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.