Maydon kafellari

Masala #2755 · murakkablik 86% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shahar maydoniga n ta kafel yotqizilgan: i-kafel (xi, yi) katakda, bir katakda bitta kafel. Har kafel oq (narxi w) yoki qora (narxi b) rangga bo'yaladi. Ba'zi kafellarning rangi loyihada oldindan belgilangan.

Me'mor m ta talab qo'ygan. Har talab bitta qator yoki ustun va son d bilan beriladi: shu qator (ustun)dagi oq va qora kafellar soni ayirmasining moduli d dan oshmasligi kerak. Bir chiziqqa bir nechta talab bo'lishi mumkin. Kafel yo'q chiziqqa talab darhol bajarilgan.

Barcha talablarni bajaradigan eng arzon bo'yashning narxini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, w, b. Keyingi n qatorda xi, yi, ti: ti = 0 - rang erkin, 1 - oq, 2 - qora. Keyingi m qatorda kj, vj, dj: kj = 1 - x = vj chizig'i, 2 - y = vj chizig'i.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·104, 0 ≤ m ≤ 2·104, 1 ≤ w, b ≤ 106, 1 ≤ xi, yi, vj ≤ 109, 0 ≤ dj ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam narx yoki, iloji bo'lmasa, -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.