Maoshlarni tartibga solish

Masala #2767 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Firmada n ta xodim bor. i-xodimning hozirgi maoshi bi; uni butun xi ga o'zgartirish uchun ci · |xi − bi| so'm (hujjatlar, tovon) sarflanadi. Mehnat kengashi m ta talab qo'ygan: har talab xu − xv ≤ w ko'rinishida. Maoshlar istalgan butun son bo'lishi mumkin (manfiy ham: bu - xodimning firmaga to'lovi).

Barcha talablarni bajaradigan eng kam xarajatni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi n qatorda bi va ci. Keyingi m qatorda u, v, w.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 0 ≤ m ≤ 500, |bi| ≤ 104, 1 ≤ ci ≤ 104, u ≠ v, |w| ≤ 104.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam xarajat yoki, talablar birgalikda bo'lmasa, IMPOSSIBLE.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.