Tarqatish markazlari

Masala #2786 · murakkablik 95% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog'langan grafda n ta shahar va m ta yo'l bor (takroriy yo'llar yo'q). h ta shahar - tarqatish markazi; ikki markaz hech qachon to'g'ridan-to'g'ri yo'l bilan bog'lanmagan. Kompaniya yo'llardan ostov daraxtini tanlamoqchi (n − 1 ta yo'l, hamma shahar bog'langan). Markaz barg bo'lib qolmasligi kerak: har markazda tanlangan yo'llardan kamida ikkitasi tutashsin.

Bunday daraxtni toping yoki yo'qligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, h. Ikkinchi qatorda h ta markaz raqami. Keyingi m qatorda u va v (yo'llar kirish tartibida 1 dan m gacha raqamlanadi).

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 100, n − 1 ≤ m ≤ 400, 0 ≤ h ≤ n; markazlar qo'shni emas, graf bog'langan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Daraxt bo'lsa, birinchi qatorda YES, ikkinchi qatorda n − 1 ta yo'l raqami. Bir nechta javob bo'lsa, istalganini chiqaring. Bo'lmasa, NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.