Tarmoqni oqlash

Masala #2769 · murakkablik 89% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog'langan grafda n ta shahar va m ta yo'l bor, i-yo'lning uzunligi wi. Vazirlik kirish tartibidagi birinchi n − 1 ta yo'lni tanladi; ular ostov daraxtini tashkil qiladi va vazirlik buni eng kichik ostov daraxti deb e'lon qilmoqchi. Haqiqat shunga mos kelishi uchun yo'llar uzunligini qayta o'lchash mumkin: i-yo'l uzunligini 1 birlikka oshirish yoki kamaytirish ci so'm turadi (uzunliklar butun bo'lib qoladi, manfiy bo'lishi ham mumkin).

Tanlangan daraxt eng kichik ostov daraxti bo'lishi uchun eng kam xarajatni toping (boshqa eng kichik ostov daraxtlar ham bo'lishi mumkin).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda ui, vi, wi, ci; birinchi n − 1 tasi daraxtni tashkil qiladi.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 60, n − 1 ≤ m ≤ 300, ui ≠ vi, 1 ≤ wi ≤ 106, 1 ≤ ci ≤ 104.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam xarajat.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.