Mavsumiy savdo

Masala #2764 · murakkablik 88% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Do'kon jurnalida n kunlik foyda yozilgan: a1, …, an (zarar manfiy). Jurnalga ikki xil amal keladi:

1 i x - i-kun foydasi tuzatildi: ai = x.
2 l r k - [l, r] kunlar ichidan ko'pi bilan k ta mavsum tanlanadi. Mavsum - kunlarning uzluksiz bo'lagi, mavsumlar kesishmaydi va qo'shni bo'lishi mumkin. Tanlangan kunlar foydasi yig'indisining eng katta qiymatini chiqaring (hech narsa tanlamasa, 0).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda a1, …, an. Uchinchi qatorda q. Keyingi q qatorda amallar.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, |ai|, |x| ≤ 104, 1 ≤ l ≤ r ≤ n, 1 ≤ k ≤ 20, ikkinchi turdagi amallar soni ≤ 2000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har ikkinchi turdagi amal uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.