Qizil va ko'k tarmoq
Masala #2814 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kompaniya tarmog'i n ta server va ularni bog'lovchi n − 1 ta kabeldan iborat daraxt. j-kabelni uzish wj so'm turadi. Har serverda holat bor: 0 - bo'sh, 1 - qizil ma'lumot, 2 - ko'k ma'lumot. Boshida hammasi bo'sh.
Qizil va ko'k serverlar bir-biriga kabel orqali yetib bormasligi kerak. q marta bitta server holati o'zgaradi. Har o'zgarishdan keyin bu talabni bajarish uchun uzilishi kerak bo'lgan kabellarning eng kam jami narxini chiqaring (har gal hisob yangidan, kabellar haqiqatda uzilmaydi).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Keyin n − 1 qatorda u, v, w. Keyin q qatorda v c - v holati c bo'ladi.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 5·104, 1 ≤ w ≤ 109, c ∈ {0, 1, 2}.
Chiquvchi ma'lumotlar
q qator: har o'zgarishdan keyingi eng kam narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.