Qo'riqchilar daraxti
Masala #2791 · murakkablik 90% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Viloyatda n ta qishloq daraxt ko'rinishida yo'llar bilan bog'langan. v qishloqqa qo'riqchi qo'yish wv so'm turadi. Qo'riqchi o'z qishlog'ini va yo'l bilan bevosita bog'langan qo'shni qishloqlarni qo'riqlaydi. Har qishloq kamida bitta qo'riqchi nazoratida bo'lishi kerak.
Narxlar q marta o'zgaradi. Har o'zgarishdan keyin eng kam jami narxni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda w1, …, wn. Keyin n − 1 qatorda qirralar u v. Keyin q qatorda v x - wv := x.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 5·104, 1 ≤ wv, x ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
q qator: har o'zgarishdan keyingi eng kam narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.