Yo'qolgan cheklar

Masala #2812 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kassa n ta chekni ketma-ket chiqargan, lekin vaqtlari yo'qolgan. Har chek uchun faqat vaqt oralig'i ma'lum: ai butun soni [li, ri] ichida. Vaqt ortga qaytmaydi: a1 ≤ a2 ≤ … ≤ an.

Bunday ketma-ketliklar sonini 998244353 bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyin n qatorda li va ri.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 150, 1 ≤ li ≤ ri ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - ketma-ketliklar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.