Turli izlar

Masala #2789 · murakkablik 75% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Uzunligi n bo'lgan s satr faqat a, b, c harflaridan iborat. Ikki xil amal bor: bitta harfni almashtirish va [l, r] kesma uchun turli bo'sh bo'lmagan qism ketma-ketliklar (subsequence) sonini topish. Qism ketma-ketlik harflarni o'chirish bilan olinadi; bir xil satr beradigan turli o'chirishlar bitta hisoblanadi.

Masalan, aba uchun javob 6: a, b, aa, ab, ba, aba.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchisida s. Keyin q qatorda: 1 i c - si := c; 2 l r - so'rov.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 5·104, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rovga javob 109 + 7 modul bo'yicha, alohida qatorda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.