Aloqa minoralari
Masala #2795 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
To'g'ri yo'l bo'yida n ta joy bor, i-joyga minora qurish ci so'm turadi. m ta mijoz: j-mijoz [lj, rj] kesmada yashaydi va shu kesmada kamida bitta minora bo'lsa, wj so'm to'laydi (minoralar soni ko'p bo'lsa ham bir marta).
Minoralar to'plamini tanlab, tushum minus xarajatning eng katta qiymatini toping. Hech narsa qurmaslik mumkin (natija 0).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Ikkinchi qatorda c1, …, cn. Keyin m qatorda lj, rj, wj.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 105, 1 ≤ lj ≤ rj ≤ n, 1 ≤ ci, wj ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta sof foyda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.