Uch fonus

Masala #2788 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 0.6 s · xotira 256 MB

Ko'chada n ta fonus qatorlashib turibdi, i-fonusning foydasi ai (manfiy ham bo'lishi mumkin). Tuman hokimligi vaqti-vaqti bilan foydani o'zgartiradi va so'raydi: [l, r] kesmadagi fonuslardan bir nechtasini yoqsak, eng katta jami foyda qancha? Tarmoq ketma-ket uchta yoqilgan fonusni ko'tarmaydi: i, i + 1, i + 2 uchalasi birga yoqilmasin. Bitta ham fonus yoqmaslik mumkin (foyda 0).

Kesmadan tashqaridagi fonuslar har so'rovda hisobga olinmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyin q qatorda amal: 1 i x - ai := x; 2 l r - so'rov.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 5·104, |ai|, |x| ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har 2 turdagi so'rov uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.