Ko'llarni aylanib

Masala #2844 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tekislikda n ta dumaloq ko'l bor, ular bir-biriga tegmaydi. Sayyoh A dan B ga bormoqchi. U ko'l ichiga kira olmaydi, lekin qirg'oq bo'ylab yura oladi. Eng qisqa yo'l uzunligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (0 ≤ n ≤ 40). Ikkinchi qatorda A va B koordinatalari. Keyin n qatorda x y r. Hammasi butun, koordinatalar moduli ≤ 104, 1 ≤ r ≤ 1000. Ko'llar markazlari orasidagi masofa radiuslar yig'indisidan katta; A, B ko'llardan tashqarida.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta haqiqiy son. Javob nisbiy xatosi 10−6 gacha qabul qilinadi (kichik javoblarda mutlaq xato).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.