Kartalar va zaxira yurishlar

Masala #2848 · murakkablik 88% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Stolda n ta karta bor, har birida ikki butun son (ai, bi). Ali va Vali navbat bilan yuradi, yura olmagan yutqazadi. Bir yurish - quyidagilardan biri:

- stoldagi kartani olish. Ali olsa, u a ni oladi, Vali olsa, b ni. Olingan son x bo'lsa: x > 0 - Ali zaxirasiga x ta yurish qo'shiladi, x < 0 - Vali zaxirasiga |x| ta yurish qo'shiladi (kim olganidan qat'i nazar);

- o'z zaxirasidan bitta yurish sarflash.

Zaxiralar boshida bo'sh. Ikki holatda g'olibni aniqlang: birinchi Ali yursa va birinchi Vali yursa.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyin n qatorda ai bi (|ai|, |bi| ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki so'z: birinchi Ali yurgandagi g'olib va birinchi Vali yurgandagi g'olib.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.