Hamohang juftliklar

Masala #2827 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Satr s ning har i-pozitsiyasida qiymat vi yozilgan. Ikki pozitsiya i < j r-hamohang deyiladi, agar i va j dan boshlangan suffikslarning eng uzun umumiy prefiksi kamida r bo'lsa (har qanday juftlik 0-hamohang). Berilgan har r uchun ikki son toping: r-hamohang juftliklar soni va ular ichida vi · vj ning eng katta qiymati. Juftlik bo'lmasa, ikkalasi ham 0.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), ikkinchisida s (kichik lotin harflari), uchinchisida v1, …, vn (|vi| ≤ 109). To'rtinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 1000), beshinchisida q ta son r (0 ≤ r < n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har r uchun alohida qatorda ikki son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.