Eng uzun iqtibos

Masala #2823 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Satr s va so'rovlar berilgan. Har so'rovda ikki kesma: «manba» s[a..b] va «matn» s[c..d]. Matnning shunday eng uzun prefiksini toping, u manbaning biror bo'lagi bilan aynan teng bo'lsin (bo'lak manba ichida to'liq yotadi). Shu prefiks uzunligini chiqaring; bunday bo'sh bo'lmagan prefiks bo'lmasa 0.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda s (kichik lotin harflari, 1 ≤ |s| ≤ 105). Ikkinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 2·104). Keyin q qatorda a b c d (1 ≤ a ≤ b ≤ |s|, 1 ≤ c ≤ d ≤ |s|).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.