Rangli ustunlar jangi

Masala #2845 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Yerga k ta ustun o'rnatilgan, har biri ko'k (B) va qizil (R) qirralar zanjiri. Siz ko'k bilan o'ynaysiz, hakam qizil bilan. Navbat bilan yuriladi, birinchi siz. Yurish: o'z rangingizdagi bitta qirrani kesasiz, shu qirra va undan yuqoridagi hamma qirralar ustundan yo'qoladi. Yura olmagan o'yinchi yutqazadi. O'yin qiymati kafolatlangan holda musbat, ya'ni siz har doim yuta olasiz. Hakam mumkin bo'lgan eng kuchli javobni qiladi. Yuting.

Muloqot. Avval k, keyin k qatorda ustunlar (pastdan yuqoriga). Yurishingiz: i j - i-ustunning pastdan j-qirrasi (raqamlar joriy ustun bo'yicha, 1 dan), u ko'k bo'lishi kerak. Hakam javobi ham i j; agar qizilning yurishi qolmagan bo'lsa, hakam 0 0 chiqaradi va siz dasturni tugatasiz. Noto'g'ri yurish yoki yurishsiz qolish - yutqazish. Misol:

< 1
< BRB
> 1 1
< 0 0

Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (cout << endl yoki fflush(stdout)), aks holda hakam yurishingizni ko'rmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

1 ≤ k, har ustun uzunligi ≤ 50, jami qirralar ≤ 300. Keyin - hakam javoblari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Sizning yurishlaringiz.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.