Yonma-yon almashish

Masala #2896 · murakkablik 91% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Aylana stol atrofida n ta o'rin soat yo'nalishida 1 dan n gacha raqamlangan. i-o'rindagi mehmonning kartochkasida pi yozilgan: u pi-o'ringa o'tishi kerak.

Bitta amal: yonma-yon o'tirgan ikki mehmon o'rin almashadi. n-o'rin va 1-o'rin ham yonma-yon. Hamma o'z joyiga o'tishi uchun eng kamida nechta amal kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda p1, …, pn - almashtirish.

Cheklov: 1 ≤ n ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam amallar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.