Halqadagi tangalar
Masala #2897 · murakkablik 91% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Aylana bo'ylab n ta katak 0 dan n − 1 gacha raqamlangan. m ta katakda tangalar bor: xi-katakda ci ta; jami tangalar n tadan kam. Bitta yurish: kamida 2 ta tangasi bor katakdan 2 ta tanga olinib, ikki qo'shnisiga bittadan qo'yiladi.
Yurishlar imkoni qolmaguncha davom etiladi. Bu har doim tugashi va natija tanlovlarga bog'liq emasligi ma'lum.
Jami yurishlar sonini va oxirida tanga turgan kataklarning eng kichik va eng katta raqamini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m. Keyingi m qatorda xi, ci. Barcha xi har xil.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ m ≤ 5·104, 0 ≤ xi < n, ci ≥ 1, Σci < n. Javob 64 bitga sig'masligi mumkin.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uch son: yurishlar soni, eng kichik va eng katta tangali katak raqami.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.