Aylana stol

Masala #2877 · murakkablik 86% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Aylana stol atrofida n ta o'rin soat yo'nalishida 1 dan n gacha raqamlangan, har birida bitta mehmon. i-o'rindagi mehmonning kartochkasida pi yozilgan: u pi-o'ringa o'tishi kerak.

Bitta amal: istalgan ikki mehmon o'rin almashadi. a va b o'rinlari orasida aylana bo'ylab qisqa yo'l d bo'lsa, amal narxi d = min(|a − b|, n − |a − b|).

Hamma o'z joyiga o'tishi uchun eng kam umumiy narxni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda p1, …, pn - almashtirish.

Cheklov: 1 ≤ n ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam narx.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.