Birlarni qo'shuvchi hisoblagich

Masala #2872 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Hisoblagichda musbat butun son x turibdi. Har soniyada unga x ning ikkilik yozuvidagi birlar soni qo'shiladi: 5 (101) → 7 (111) → 10 (1010) → 12 → 14 → ….

q ta alohida so'rov bor. Har birida boshlang'ich x va k berilgan: k soniyadan keyin hisoblagichda qanday son turadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q. Keyingi q qatorda x, k.

Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 10000, 1 ≤ x ≤ 1018, 0 ≤ k ≤ 1016.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.