Yashirin aralashtirish

Masala #2867 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Karta aralashtirish mashinasi bor: u kartalarni har safar bir xil usulda joylashtiradi, ya'ni q almashtirishni qo'llaydi. i-o'rindagi karta qi-o'ringa o'tadi. Mashina ketma-ket k marta ishlatildi va natijada i-o'rindagi karta pi-o'ringa borgani ma'lum.

Mashina qanday ishlagan bo'lishi mumkin? Shartga mos keladigan barcha q almashtirishlar sonini 998244353 bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, k. Ikkinchi qatorda p1, …, pn - almashtirish.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 20000, 1 ≤ k ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Mos q lar soni, 998244353 bo'yicha. Bunday q bo'lmasa, 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.