Ishonchsiz almashtirishlar

Masala #2906 · murakkablik 83% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Qatorda n ta son turibdi. Ketma-ket q ta amal bajariladi: j-amalda xj va yj o'rinlardagi sonlar wj foiz ehtimol bilan almashtiriladi, aks holda hech narsa bo'lmaydi. Amallar bir-biriga bog'liq emas.

Hammasi tugagach, inversiyalar soni (i < j va ai > aj bo'lgan juftlar) kutilmasini 998244353 moduli bo'yicha toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, q; ikkinchisida sonlar; keyingi q qatorda x, y, w. 1 ≤ n, q ≤ 1500, 1 ≤ ai ≤ 109, 0 ≤ w ≤ 100, x ≠ y.

Chiquvchi ma'lumotlar

Kutilma: P/Q bo'lsa, P·Q−1 mod 998244353.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.