Oltin kartalar

Masala #2864 · murakkablik 84% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Stolda n ta karta qatorda turibdi, i-kartada ai son. Qatorda ikkitadan ko'p karta qolgan ekan, shunday qadam qilinadi: chetda bo'lmagan bir karta tanlanadi, uning soni ikkala qo'shnisiga qo'shiladi, karta olib tashlanadi. Qolgan kartalar tartibi o'zgarmaydi.

Oxirida ikki karta qoladi. Ulardagi sonlar yig'indisining eng kichik qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchisida a1, …, an. 2 ≤ n ≤ 18, 0 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kichik yig'indi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.