Kino zali

Masala #2876 · murakkablik 86% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir qatorda n ta o'rin va n ta tomoshabin bor. i-tomoshabin faqat [li, ri] oralig'idagi o'rinlardan birida o'tirishga rozi. Joylashtirish - har kimga rozi bo'lgan o'rin berish, har o'ringa bitta odam.

Joylashtirishlar soni toq yoki juftligini aniqlang (nol ham juft).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda testlar soni t. Har test: n, keyin n qatorda li, ri.

Cheklovlar: 1 ≤ li ≤ ri ≤ n, barcha n yig'indisi 105 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har test uchun bitta qator: son toq bo'lsa 1, juft bo'lsa 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.