Chastota tarmog'i
Masala #2860 · murakkablik 83% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Shaharda n ta radiostansiya bor, i-stansiyaning chastota kodi ai. i va j stansiyalarni to'g'ridan-to'g'ri kabel bilan ulash narxi ai xor aj ga teng (xor - bit bo'yicha istisno yoki). Barcha stansiyalar bog'langan bo'lishi uchun aynan n − 1 ta kabel yotqiziladi.
Eng kichik umumiy narxni va shu narxga erishadigan turli kabel to'plamlari sonini toping. Ikki to'plam kamida bitta stansiyalar juftligi bilan farq qilsa, turli hisoblanadi; kodlari teng stansiyalar turli stansiyalardir.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchisida a1, …, an. 1 ≤ n ≤ 100000, 0 ≤ ai < 220.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son: eng kichik narx va to'plamlar sonining 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldig'i.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.