Teskari lentalar
Masala #2862 · murakkablik 83% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qavslardan iborat lenta berilgan, ochuvchi va yopuvchi qavslar soni teng. Bir amalda lentaning istalgan uzluksiz bo'lagini teskari tartibda qayta yozish mumkin (qavslar ko'rinishi o'zgarmaydi: (() bo'lagi )(( bo'ladi). Lenta to'g'ri qavslar ketma-ketligi bo'lishi uchun eng kamida nechta amal kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda testlar soni t. Har test: uzunlik n va lenta s. 1 ≤ t ≤ 1000, n juft, 2 ≤ n, Σn ≤ 200000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har test uchun bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.