Stansiyalar qatori

Masala #2870 · murakkablik 85% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta stansiya 1 dan n gacha raqamlangan va n − 1 ta quvur bilan bog'langan: istalgan stansiyadan istalganiga quvurlar orqali yagona yo'l bor.

Raqamlar oralig'i [l, r] toza deyiladi, agar faqat shu raqamli stansiyalarni va ikki uchi ham shu oraliqdagi quvurlarni qoldirganda bitta shoxlanmagan zanjir hosil bo'lsa: hammasi bog'langan va har stansiyaga ko'pi bilan ikkita quvur tegadi. Bitta stansiya ham toza oraliq.

Toza oraliqlar sonini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n − 1 qatorda quvur uchlari u, v.

Cheklov: 1 ≤ n ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Toza oraliqlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.